Maxfiylik siyosati

Maxfiylik siyosati

«mib.uz» rasmiy veb-saytiga xush kelibsiz!

«mib.uz» rasmiy veb-saytiga («mib.uz») kirganingizda yoki foydalanganingizda, siz ushbu maxfiylik siyosati va foydalanish shartlarini to‘liq qabul qilasiz.

Shartlarni qabul qilish

Ushbu saytning har qanday sahifasiga kirib, Siz ushbu shartlarga roziligingizni bildirasiz. Ushbu shartlarga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin va yangilangan shartlar oldindan ogohlantirishsiz saytga joylashtiriladi.

«mib.uz» sayti ushbu saytda siz, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijrosini ta’minlash jarayonida Byuro tomonidan taqdim etilgan interaktiv xizmatlardan foydalanishingiz mumkin.

Cookie-fayllar haqida ma’lumot

Saytning ba’zi bo‘limlari ijro ishi raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami, soliq to‘lovchining identifikatsion raqami va himoya kodlari bilan himoyalangan. Siz saytning ijro ishi raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami, soliq to‘lovchining identifikatsion raqami bilan himoyalangan bo‘limlariga parolni qaytadan kiritishsiz kirishingiz uchun «mib.uz» sayti cookie fayllarini ishlatadi (cookies kompyuteringizda joylashgan bo‘lib sizning Internet-brauzeringiz boshqaruvi ostida bo‘ladi).

Saytga kirish xavfsizligi

Saytda taqdim etilgan interaktiv xizmatlar siz taqdim etgan ijro ishi raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami, soliq to‘lovchining identifikatsion raqamlaringiz orqali identifikatsiyalashtiriladi va siz interaktiv xizmatlardan foydalanish huquqiga ega yagona shaxs hisoblanasiz. Ijro ishi raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami, soliq to‘lovchining identifikatsion raqamlaringiz sir saqlanishiga mas’uldirsiz, aks holda sizga interaktiv xizmatlardan foydalanish taqiqlab qo‘yilishi mumkin.

Sizning ruxsatingizdan qat’iy nazar ijro ishi raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami, soliq to‘lovchining identifikatsion raqamlaringizdan har qanday foydalanishlarga siz javobgarsiz. Agar ijro ishi raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami, soliq to‘lovchining identifikatsion raqamlaringizdan boshqa shaxs tomonidan foydalanilayotgani haqida shubha qilsangiz, darhol mib.uz1107@gmail.com manziliga xabar bering.


Foydalanish cheklovlari

«mib.uz» saytidan ushbu foydalanish shartlariga muvofiq faqatgina qonuniy maqsadlar uchun foydalanishingizga roziligingizni bildirasiz:

• saytni ishlashini to‘xtatishga, ortiqcha yuklanishiga, zarar yetkazilishiga va boshqa salbiy oqibatlarga olib keladigan, hamda boshqa foydalanuvchilarning saytdan real vaqt rejimida ishlashiga to‘sqinlik yoki halaqit berishga oid har qanday harakatlarni amalga oshirmaslikka;

• saytga kirish maqsadidan qat’iy nazar (shu jumladan, ma’lumotlarni o‘rganish, saqlash) robotlar, boshqa avtomatlashtirilgan qurilmalar, usullar va vositalarni qo‘llamaslikka

• saytning normal ishlashiga halaqit beradigan har qanday qurilmalar, dasturiy ta’minotlar va jarayonlarni qo‘llamaslikka;

• virus va boshqa zararli materiallarni qo‘llamaslikka;

• saytning ma’lumotlari joylashgan serverlar va saytning barcha bo‘limlari uzluksiz ishlashiga halaqit va zarar bermaslikka;

• xizmatni rad etish yoki xizmat ko‘rsatishni taqiqlash orqali saytning ishlashiga to‘sqinlik qilmaslikka;

• saytning normal ishlashiga to‘sqinlik qilmaslikka.

Majburiyatlar

«mib.uz» saytidan foydalanib siz o‘zingizning harakatlaringiz va saytdagi ma’lumotlarni ishlatish oqibatlariga to‘liq javobgar bo‘lasiz. «mib.uz» saytining ma’lumotlarini Byuro roziligisiz ko‘chirish, chop etish yoki bironta vosita orqali tarqatish, hamda Internet yoki ommaviy axborot vositalarida joylashtirish mumkin emas.

Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash

«mib.uz» saytidan foydalanganda, sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni to‘plash va ishlatish haqida xabardorligingizni tasdiqlaysiz. Shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash va ishlatishning maqsadi, foydalanuvchini shaxsiylashtirilgan sayt xizmatlari bilan ta’minlash va foydalanuvchining talablarini bajarish qiradi.